"Al Ayn" klubi "Nasaf"ga qarshi bahs oldidan Liga kubogi yarim final o'yinida g'alaba qozondi
09 fev 2024 21:03
Yangiliklar
"Al Ayn" klubi "Nasaf"ga qarshi bahs oldidan Liga kubogi yarim final o'yinida g'alaba qozondi
Birlashgan Arab Amirliklarining "Al Ayn" klubi OCHL pley-off o'yinidan oldingi uchrashuvda g'alaba qozondi. BAA Liga kubogi yarim final bosqichining ilk o'yinida "Ittihod Kalba" klubiga qarshi maydonga tushgan "Al Ayn" 2:0 hisobida raqibidan ustun keldi. Gollarga Sofian Rahimi va Al Balushilar mualliflik qilishdi. Endi "Al Ayn" klubi O'zbekistonga safar qiladi va Qarshi "Markaziy" stadionida "Nasaf" klubi bilan OCHL bahsida qatnashadi.
"Ittihod Kalba" - "Al Ayn" 0:2
Gollar: Sofian Rahimi, Al Balushi
Mahalliy chempionatning 12 turidan so'ng "Al Ayn" jamoasi 25 ochko bilan ikkinchi o'rinda bormoqda. Klub birinchi o'rindagi "Al Vasl"dan 5 ochko kamroq to'plagan.
Malumot uchun, "Nasaf" va "Al Ayn" o'rtasidagi OCHL pley-off bosqichidagi birinchi o'yin 14 fevral kuni Qarshi shahrida o'tkaziladi. Javob bahsi 21 fevral sanasida o'tkazilishi rejalashtirilgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Криштиану Роналду: "Мавсум ўртасида ҳеч ким чемпион бўлмайди"
Эрон жамоаси Ўзбекистон МТЖ етакчиларидан бири учун 1 миллион доллар бериши мумкин
Fikrlar