Abidal: “O'ylashimcha, Messi “Barselona”da qoladi
18 noy 2019 22:59
Yangiliklar
Abidal: “O'ylashimcha, Messi “Barselona”da qoladi
Argentinalik futbolchining jamoa bilan kelishuvi 2021 yilgacha amalda bo'ladi. Xabarlarga ko'ra, Messi shartnomani uzaytirish borasida yakuniy qarorg kelmagan.
“Messi yana ko'plab yillar jamoada qolishiga umid qilamiz. O'ylashimcha, u biz bilan birga qoladi. U jamoaning asosiy futbolchisi. Klub prezidenti Bartomeu Messining manfaatlarini himoya qilayotan insonlar bilan gaplashib olgan. Messining keyingi faoliyatiga oid har qanday qaror avvalo futbolchining o'ziga bog'liq. Bu bu boradagi qaror tezroq qabul qilinishini istayman”, deya Abidalning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda “Barselona” sayti.
17 yoshli Ansu Fati esa "Barsa" bilan 2022 yilga qadar shartnoma tuzgan.
"Biz shuningdek, Ansu Fatining vakillari bilan ham doimiy aloqadamiz. U yosh futbolchi va u doim himoyamiz ostida bo'lishi lozim. Biz uning agenti va oilasiga kafolat berishimiz kerak. U muntazam o'z ustida ishlashi lozim" deya o'z fikrlarini bildirib o'tdi Abidal.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал" "оловли" ўйинда Мбаппе ва Беллингемнинг голи эвазига "Барселона"ни мағлуб этди
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" марказий тўқнашувда ОКМК билан дуранг ўйнади
Суперлига. Турнинг сўнгги баҳсида "Сурхон" "Андижон"га ҳеч қандай имконият қолдирмай йирик ҳисобда мағлуб этди
Рўзиқул Бердиев: "Нефтчи" чемпион бўлса, қаҳрамонларни майдондан излаш керак эмас. Менинг ҳолатимга тушиб кўрсангиз биласиз"
Fikrlar