Zidanning 27 yoshli o'g'li Lyuka sport fuqaroligini Jazoirga o'zgartirdi

Alisher Ostonov
20 sen 2025
Lyuka Zidan sport fuqaroligini Jazoirga o'zgartirdi.

27 yoshli darvozabon jahon va Yevropa chempioni Zinedin Zidanning o'g'li hisoblanadi.

U 2024 yildan beri "Granada" sharafini himoya qilmoqda, 2014-2018 yillarda Fransiyaning turli yoshdagi terma jamoalarida o'ynagan.

Lyuk Fransiya va Jazoir fuqaroligiga ega. Zinedinning ota-onasi 1953 yilda Jazoirdan Fransiyaga ko'chib kelishgan.


Alisher OstonovMuallif
Manba: rmcsport.bfmtv.com