“Yuventus” darvozabon Vikario ijarasini kelishib oldi

Sherzod Nurmatov
17 avg 2026, 17:55
“Yuventus” “Tottenxem” hamda Italiya milliy terma jamoasi posboni Gulelmo Vikario transferi bo'yicha kelishuvda oldinga siljidi.

Turin klubi 29 yoshli posbonni 10 million evroga sotib olish bandi bilan ijaraga olishga kelishib oldi, deya xabar bermoqda insayder Nikolo Skira.

So'nggi qarorni chiqarish darvozabonning ixtiyorida qolmoqda. Unga shuningdek “Inter” ham da'vogarlik qilgandi.

Vikario o'tgan mavsum “Tottenxem” safida barcha 43 ta uchrashuvda maydonga tushib, 65 ta gol o'tkazib yuborgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: x.com/NicoSchira