

PSJga o'tgan Ferran Torres bilan xayrlashgach, “Barselona” rahbariyati hujum chizig'ini kuchaytirish uchun yangi nomlarni qidirishga kirishdi.
“El Chiringuito” muxbiri Xose Alvares Xaya bergan ma'lumotlarga ko'ra, yaqin soatlar ichida “ko'k-anorranglilar” tomonidan Viktor Gyokereshning Kataloniya klubiga ehtimoliy transferi bilan bog'liq dastlabki qadamlar tashlanishi kutilmoqda.
Viktor Gyokeresh o'tgan mavsum “Arsenal” safida 55 ta o'yinda maydonga tushib, 21 ta gol muallifiga aylangan edi.



