Hakimi Fransiya Superkubogi “Lans” maydonida o'tkazilgani haqida: “Biz teng sharoitlarda o'ynashimiz kerak edi”

Sherzod Nurmatov
17 avg 2026, 15:00
PSJ sardori Ashraf Hakimi Fransiya Superkubogi doirasida “Lans”dan uchralgan mag'lubiyatga (0:1) izoh berdi.

“Biz g'alaba qozonish uchun bor kuchimizni berdik, vaziyatlar yaratdik va o'yinni nazorat qildik. Bu final edi va biz mehmonda emas, teng sharoitlarda o'ynashimiz kerak edi, garchi bu bahona bo'la olmasa ham.

Bugungi o'yin ko'proq Liga 1 doirasidagi uchrashuvni eslatib yubordi. Agar ligada rivojlanishda davom etishni istasak, bunday jihatlarga e'tibor qaratishimiz lozim.

Bazi futbolchilar kam mashg'ulot o'tkazgan bo'lsa-da, avvalgi sport formamizga qaytishga harakat qilmoqdamiz. To'liq tayyor bo'lish uchun ishlashda davom etamiz”, – dedi Hakimi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: RMC Sport