"Arsenal" "Yuventus" yulduzini o'z safiga qo'shib olishga yaqin turibdi

10 avg 2026, 00:11
"Yuventus" hujumchisi Kenan Yildiz faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.

Bu haqda jurnalist David Ornshteyn xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, hujumchi transferi bo'yicha muzokaralarni "Arsenal" olib bormoqda. London klubi shartnoma tuzishga yaqin turibdi.

Transfer summasi 80 million funt sterlingni tashkil etishi mumkin. Shu bilan birga, Yildizning o'zi "Arsenal"ga o'tishni talab qilmoqda va "Yuventus"dan ketishini tezlashtirmoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: x.com/David_Ornstein