
“G'alaba bilan tabriklayman. Sizning maydondagi shijoatingiz va kayfiyatingiz tufayli hamma “Lans”ning bir bo'lagi bo'lish nimani anglatishini tushunib etdi. Biz hech kimdan qo'rqmaymiz. Bu yerda istalgan raqibni mag'lub eta olamiz.
Mavsum endigina boshlandi, bu faqat boshlanishi. Ko'tarilishlar va pasayishlar bo'ladi, lekin men har birimizga ishonaman. Hech qachon o'zimga shubha qilmayman, sizlar ham shubhalanmang. Biz kuchlimiz. Agar ushbu jangovar ruhiyatni saqlab qolsak, katta muvaffaqiyatlarga erisha olamiz. Tabriklayman, yigitlar, sizlar bilan faxrlanaman”, – dedi Toppmyoller kiyinish xonasida futbolchilarga qarata.