

Bu haqda jurnalist Ekrem Konur X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida ma'lum qildi.
Manba ma'lumotiga ko'ra, Madrid klubi "Manchester Siti" yarim himoyachisi Rodri bilan shartnoma imzolay olmagach, Lokatelliga e'tibor qaratgan. Hozirda "Real" ispaniyalik xavbekning "Barselona"ga o'tishi mumkinligi haqidagi mish-mishlar fonida muqobil variantlarni tanlamoqda.
"Yuventus" Lokatellini arzonga qo'yvorishga shoshilmayapti. Futbolchi Turin klubi bilan shartnomasini 2030 yilgacha uzaytirgan. Shu bilan birga, "Yuventus" futbolchilarni sotish orqali byudjetni to'ldirishi kerak: klub allaqachon Randal Kolo Muani va Kerim-Sem Alaybegovich bilan shartnoma imzolagan va endi yangi transferlar uchun mablag' bo'shatishi kerak.
Manuel Lokatelli 2021 yildan beri "Yuventus"da o'ynab kelmoqda - uning hisobida klub safida 230 ta o'yin bor. Transfermarkt o'yinchini 25 mln evroga baholamoqda.



