

Bosniya va Gertsegovina terma jamoasi futbolchisining Turin klubi bilan shartnomasi 2031 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.
“Keksa sinora” transfer summasi 30 million evro va unga qo'shimcha 2 million evro yondosh xarajatlarni tashkil etganini ma'lum qildi. To'lov 4 yil davomida amalga oshiriladi. shuningdek, 5 million evrogacha bo'lgan bonus to'lovlari ham ko'zda tutilgan.

Alaybegovich o'tgan mavsum “Zalcburg” sharafini himoya qildi. Vinger barcha musobaqalarda 44 ta o'yinda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 4 ta golli pas uzatdi. Yozda “Bayer” uni qayta sotib olish huquqidan foydalangan edi.
Alaybegovich hisobida milliy terma jamoa libosida 14 ta o'yin va 2 ta gol mavjud, jumladan, JCH-2026 musobaqasida ham ishtirok etgan.



