Rasman: “Yuventus” JCHda O'zbekistonga qarshi o'ynagan futbolchini safiga qo'shib oldi

Sherzod Nurmatov
17 avg 2026, 17:30
“Yuventus” matbuot xizmati “Bolonya” hamda Kolumbiya terma jamoasi markaziy himoyachisi Jon Lukumining transferini e'lon qildi.

28 yoshli futbolchi Turin klubi bilan 2030 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzoladi. Avvalroq OAVda ushbu transfer bonuslar bilan birga “byankoneri”ga 20 million evroga tushishi haqida xabar berilgandi.

3.jpg

Lukumi 2022 yildan buyon “Bolonya” sharafini himoya qilib kelmoqda. U o'tgan mavsum barcha turnirlarda 43 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. JCH-2026 musobaqasida esa Kolumbiya terma jamoasining barcha 5 ta o'yinida, xususan, ilk tur doirasidagi O'zbekiston bilan uchrashuvda ham qatnashgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: juventus.com