Yozda "Real" Pasni sotib oladi. Transfer narxi ham ma'lum

20 noya 2026, 08:15
Madridning "Real" klubi Italiyaning "Komo" jamoasidan yarim himoyachi Niko Pasni qayta sotib olish bandini faollashtirishni rejalashtirmoqda.

COPE xabariga ko'ra, "qaymoqranglilar" kelasi yozda o'z tarbiyalanuvchisini qaytarish uchun 80 million evro to'lashga tayyor. Jurnalist Melchor Ruisning takidlashicha, klub yaqin transfer oynasida ushbu bitimni amalga oshirishga qatiy qaror qilgan.

Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsumlar oralig'ida "Komo" 22 yoshli xavbekka bo'lgan huquqlarni "Real"dan 60 million evroga sotib olgan edi. Bungacha Italiya klubi futbolchini 6 million evro evaziga ijaraga olgandi.

Joriy mavsumda Niko Pas A Seriya va Chempionlar ligasida 14 ta o'yin o'tkazib, oltita gol va sakkizta golli uzatmaga mualliflik qildi.

O'xshash yangiliklar

Manba: COPE