

"Bolaligimda orzu qilgan barcha narsani boshdan kechirish nasib etdi. G'alaba qozondim, mag'lub bo'ldim, yig'ladim va quvondim, ammo eng muhimi - o'rgandim. Menga bu imkoniyatni bergan barchaga rahmat", – deb yozdi Adan.
Adan "Real" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2012 yil dekabr oyida Joze Mourinyu va Iker Kasilyas o'rtasidagi kelishmovchilikdan so'ng u madridliklarning asosiy posboniga aylangandi. Darvozabon La Liganing ketma-ket ikki o'yinida - "Malaga" (2:3) va "Real Sosedad"ga (4:3) qarshi bahslarda asosiy tarkibda maydonga tushgan. Keyinchalik darvozadagi o'rinni Diego Lopes egallagan.
Shuningdek, u "Kalyari", "Betis", "Atletiko", "Sporting" va Eronning "Istiqlol" jamoalarida harakat qilgan. U 11 ta sovrinni qo'lga kiritgan, jumladan, "Real" bilan Ispaniya chempionatida va Lissabon klubi bilan ikki bor Portugaliya chempionatida g'olib chiqqan.



