"Manchester Yunayted" to'rt nafar muxlisni stadionga kirishdan mahrum qildi

20 noya 2026, 00:55
"Manchester Yunayted" Chempionlar ligasi doirasida "Old Trafford" stadionida "Roma"ga qarshi o'tkazilgan uchrashuv (3:2) vaqtida maydonga tennis to'pchalarini tashlagan to'rt nafar muxlisga klub o'yinlariga tashrif buyurishni taqiqladi.

Muxlislar ushbu akciyani Angliya klubi egalariga qarshi norozilik belgisi sifatida uyushtirgan.

The Athletic nashri xabar berishicha, muxlislardan kamida biriga uch yil davomida o'yinlarga kelish taqiqlangan. "Manchester Yunayted" bunday xatti-harakatlarga ko'z yumib bo'lmasligini takidlamoqda. Klub maydonga tashlangan buyumlar futbolchilarning sog'lig'iga zarar etkazishi mumkinligi sababli bu masalada qatiy poziciyada turishi kerak, deb hisoblaydi.

O'xshash yangiliklar

Manba: The Athletic