Yevropa ligasining uch karra g'olibi 38 yoshida faoliyatini yakunladi

19 noya 2026, 23:45
Argentina terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Ever Banega professional futbolchilik faoliyatini yakunlaganini e'lon qildi.

"Mana, hammasi tugadi, futbol bilan xayrlashdim. Bu yakuniy qaror", - deb yozadi 38 yoshli futbolchi.

Banega asosan "Valensiya", "Atletiko", "Sevilya" va "Inter" klublaridagi faoliyati orqali tanilgan.

Uning so'nggi jamoasi Argentinaning "Defensa i Xustisiya" klubi bo'ldi.

Yarim himoyachi "Sevilya" safida uch marta Yevropa ligasi g'olibi bo'lgan.

O'xshash yangiliklar

Manba: championat.asia