

Germaniyalik futbolchining so'zlariga ko'ra, "El Loco" ("aqldan ozgan") laqabini unga "Real"dagi sobiq jamoadoshlari Nacho va Lukas Vaskes berishgan.
"Men 'Chelsi'da o'ynaganimda ham shunday edim. Jiddiy bo'lish talab etilmaydigan paytlarda hayotdan zavqlanish menga yoqadi. Ko'pchilik o'zini bunday tutishni yoqtirmaydi, ammo ustimdan kulishsa ham bu meni bezovta qilmaydi. Bu mening masxaraboz ekanligimni anglatmaydi, biroq shunchaki pozitiv kayfiyatni saqlab qolish uchun o'zimning ustimdan kula olaman", - dedi Ryudiger.



