

- O'yin haqida
- Raqibni g'alaba bilan tabriklayman. Hamma ko'rdi bugungi o'yinni. Bizning yigitlar o'yindan oldin oyoqlari qaltirayotgan edi. Oldindan ruhiyat bo'lmasa, qiyin. Bunday maydonda futbol o'ynashga istalgan jamoa qiynaladi. "Aral" va "Jayxun" bu maydonga o'rganishgan, bu bahona emas. Bizda jarohatlar, diskvalifikaciyalar bor. Bazi o'yinchilarimiz yoshlar termasiga chaqirilgan. To'liq tarkib bilan ham bu maydonda natija qilishimiz qiyin edi.
- O'zbekiston kubogida jamoaning maqsadi qanday?
- Bizda kubokni yutish niyatimiz yo'q, ammo turnirda munosib ishtirok etmoqchimiz. Paxtakor markaziy stadionida o'ynaymiz, boshqa kuchli raqiblar bor. Yigitlarimizni reklama qilish niyatimiz bor. Bugundek o'yin ko'rsatsak, futbolchilarimizga hech kim qaramaydi.
- Darvozabonni almashtirilishiga munosabatingiz?
- Darvozabonda 100% xato demayman. Darvozabonimiz o'zini ruhiy tomondan yo'qotib qo'ydi. Kelgan to'p kirib ketaverdi. Shu sababli, boshqa vaziyatlarda ham qiynaldi. Shu sababli boshqa posbonimizga ham imkoniyat berdik.
- "Yaypan Farg'ona" jamoasi "Turon"ni o'rnini bosa oladimi?
- Agar "Turon"dek vazifa klub oldiga qo'yilsa, bo'ladi. Hozir esa bizda asosan yoshlar. Hozir futbolchilarga o'yin amaliyoti berish asosiy vazifa. Bir ikki yilda balki bo'lib qolar.
Bosimga kelsak, kombinacion o'yinga harakat qilayotgandik. Birinchi goldan keyin barchasi o'zgarib ketdi. Yosh futbolchilar o'zlarini yo'qotib qo'yishdi. Bu maydon to'pni nazorat qiladigan emasdi. Men bunday ko'rsatma bermagandim. Yirik hisobda yutqazayotganda ham ortda to'pni ushlashga harakat qilishdi. Chunki bizning jamoa shunga o'rgangan.



