Messi 18 marotaba FIFPro yil ramziy terma jamoasidan joy olib, o'z rekordini yangiladi. Ronaldu hisobida 15 esa...

Aslanov Jasurbek
9 noya 2026, 22:22
Lionel Messi FIFPro yil ramziy terma jamoasiga kiritilish soni bo'yicha o'ziga tegishli bo'lgan rekordni yangiladi.

Bugun Xalqaro professional futbolchilar assotsiatsiyalari federatsiyasi butun dunyo bo'ylab 19 806 nafar o'yinchi ishtirokidagi so'rovnoma asosida tuzilgan ramziy terma jamoasini e'lon qildi. Argentinalik hujumchi mazkur ro'yxatdan 2023 yildan beri birinchi marta joy oldi.

Bu Messining FIFPro jamoasiga 18-marotaba kiritilishidir. Ushbu ko'rsatkich bo'yicha ikkinchi o'rinda Krishtianu Ronaldu (15 ta etirof) borayotgan bo'lsa, kuchli uchlikni Serxio Ramos (11) yakunlab turibdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sports.ru