

"Relevo" xabariga ko'ra, Angliyaning "Manchester Yunayted" jamoasi kelasi yozda Xavini bosh murabbiy etib tayinlash niyatida.
Avvalroq "The Sun" nashri "Manchester Yunayted"ning amaldagi bosh murabbiyi Ruben Amorim yozda jamoani tark etishi mumkinligi haqida xabar bergandi.
Portugaliyalik mutaxassis bilan 23 uchrashuv o'tkazgan Manchester klubi 10 uchrashuvda g'alaba qozondi xolos.
45 yoshli mutaxassis 2021 yildan 2024 yilgacha "Barselona" bosh murabbiyi bo'lib ishlagan edi.



