Amir G'alinoyi: "O'zbekiston o'z rivojlanish yo'lini topib oldi"

Iskandarov Abdulaziz
24 sen 2026, 13:43
Eron milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Amir G'alinoyi navbatdagi FIFA kunlari doirasidagi O'zbekistonga qarshi uchrashuv oldidan o'tkazilgan matbuot anjumanida jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

"Jahon chempionatidan so'ng birinchi FIFA kunlari boshlandi. O'zbekiston biz uchun jiddiy raqib, ular bilan doim o'ynab kelganmiz. Bundan xursandmiz. Buyog'iga Osiyo Kubogiga tayyorgarlik ko'ramiz. Iliq kutib olishgani uchun O'zbekistonga rahmat."

Eron terma jamoasi ustozi O'zbekiston terma jamoasining avvalgi Katanets va hozirgi Kannavaro davridagi holatini solishtirar ekan, mamlakatda futbolni rivojlantirish bo'yicha to'g'ri strategiya tanlanganini ta'kidladi:

"Avvalgi va hozirgi O'zbekiston terma jamoasining farqini ayta olmayman. Ayta oladiganim shuki, O'zbekiston o'z rivojlanish yo'lini topib oldi. Hozirgi kunda ham yoshlar, ham milliy terma jamoada rivojlanish kuzatilmoqda."

DSC_6486.jpgDSC_6506.jpg

Murabbiy, shuningdek, tarkibni shakllantirishda futbolchilarning yoshi emas, balki jismoniy tayyorgarligi asosiy mezon ekanini aytib o'tdi:

"Futbolda yosh muhim emas, unda atletizm muhim. Futbolchilarning jismoniy holati qoniqtirsa, maydonga tushiraveraman. Masalan, Ronaldu ham Jahon chempionatida o'ynadi. Eng muhimi - futbolchi doim tonusda bo'lishi lozim."

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia