Meksika terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Agirre "Valensiya"ni boshqaradigan bo'ldi

Sherzod Nurmatov
24 sen 2026, 12:45
Meksikalik mutaxassis Xaver Agirre Ispaniyaning "Valensiya" klubi bosh murabbiyi lavozimini egalladi.

Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

67 yoshli Agirre bilan tuzilgan shartnoma mavsum oxirigacha mo'ljallangan. Shuningdek, klubda kelishuvni yana 1 yilga uzaytirish imkoniyati mavjud bo'ladi.

U ushbu lavozimda 13 sentyabr kuni iste'foga chiqarilgan ispaniyalik Karlos Korberanning o'rnini egalladi.

Agirrening so'nggi ish joyi Meksika terma jamoasi bo'lib, uning qo'l ostida jamoa 2026 yilgi Jahon chempionatining 1/8 finaliga qadar yetib borgandi.

Faoliyati davomida u Ispaniyaning "Osasuna", "Atletiko", "Saragosa", "Espanol", "Leganes" va "Malorka" klublarida ishlagan, shuningdek, Yaponiya, BAA va Misr terma jamoalarini boshqargan.

Ma'lumot o'rnida, “Valensiya” ayni paytda 4 ochko bilan La Ligada o'ziga yarashmaydigan 19-o'rinda bormoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: valenciacf.com