Anchelotti Vinisius haqida: "U eng yuqori sport formasida emas, ammo unga ishonaman"

Sherzod Nurmatov
24 sen 2026, 13:36
Braziliya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti "Real" vingeri Vinisius Juniorning o'yini haqida fikr bildirdi.

"Ehtimol, u hozir eng yuqori sport formasida emasdir, ammo Vinisiusning mahorati bahs talab qilmaydi. Masalan, u Jahon chempionatida ajoyib o'yin ko'rsatdi. Hech bir futbolchi doimo eng yaxshi sport formasida bo'la olmaydi. U ajoyib o'yinchi, dunyoning eng yaxshilaridan biri. Yaqin oradagi bahslarda o'zining yuqori formasiga chiqib olishiga ishonchim komil. Unga to'liq ishonaman", – deya Anchelottining so'zlarini keltiradi Goal.com.

26 yoshli braziliyalik futbolchi yangi mavsumda "Real" safida 8 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urdi.

Transfermarkt "qaymoqranglilar" vingerining transfer qiymatini 140 million evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Goal.com