"Vest Xem" Nunu Eshpiritu Santu bosh murabbiylikdan ketganini e'lon qildi

Sherzod Nurmatov
3 noya 2026, 14:42
"Vest Xem” portugaliyalik mutaxassis Nunu Eshpiritu Santu jamoa bosh murabbiyi lavozimini tark etgani haqida ma'lumot berdi.

"Chempionshipdagi mavsum boshi sinchkovlik bilan tahlil qilingach, direktorlar kengashi klub maqsadlariga erishish va kutilmalarni oqlashni taminlash uchun ayni damda o'zgarishlar zarur, degan xulosaga keldi", – deyiladi klubning rasmiy saytida e'lon qilingan bayonotda.

Eshpiritu Santu bilan birga jamoani bosh murabbiy yordamchisi Rui Pedru Silva hamda darvozabonlar murabbiyi Rui Barboza ham tark etdi.

Klub ma'lumotiga ko'ra, yangi bosh murabbiyni qidirish jarayoni allaqachon boshlangan. Mark Noubl, Stiv Potts va Jerard Prendervill ertangi Chempionship doirasidagi "Kardiff Siti"ga qarshi o'yinga jamoani vaqtincha tayyorlab borishadi.

Chempionshipdagi 13 turdan so'ng "Vest Xem" 22 ochko to'plagan holda 8-o'rinda bormoqda. Chempionatning so'nggi beshta uchrashuvida "bolg'achilar" ikki g'alaba, bir durang va ikki mag'lubiyat qayd etishdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: whufc.com