Behruz Karimov uchun kurashga Angliyaning ikki klubi qo'shildi

4 iyul 2026, 22:37
JCH-2026 da o'zini yaxshi tomondan ko'rsatgan O'zbekiston MTJ himoyachisi Behruz Karimov Yevropada talabgir bo'lmoqda.

Championat.asia bosh muharriri Narzulla Saydullaevning xabariga ko'ra, Behruz Karimov uchun kurashga Angliyaning “Vest Xem” va “Vulverxempton” klublari qo'shilgan.

Bunga qadar o'zbekistonlik futbolchiga Angliya, Germaniya va Fransiya klublari qiziqish bildirayotgani xabar qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia