"Vest Xem" Fernandesh uchun 90 million evrodan ortiq mablag' so'ramoqda

Sherzod Nurmatov
5 iyun 2026, 12:06
"Liverpul" "Vest Xem" yarim himoyachisi Mateush Fernandeshni sotib olmoqchi.

Bu haqda "TEAMtalk" xabar berdi.

Manbaga ko'ra, "bolg'alar" 21 yoshli portugaliyalik futbolchi Chempionshipga tushib ketganidan keyin uning takliflarini ko'rib chiqadi. Ular uning sport huquqlarini sotishdan kamida 93 million evro daromad olishni rejalashtirmoqda.

Fernandesh "Vest Xem"da 2025 yilning avgustidan beri o'ynab kelmoqda. Uning shartnomasi 2030 yil 30 iyungacha amal qiladi.

2025/26 yilgi mavsum yarim himoyachi barcha musobaqalarda 42 o'yinda 5 ta gol urdi va 5 ta golli pas uzatdi.

Transfermarkt uning transfer qiymatini 50 million evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: TEAMtalk