8 ta seyv ko'rsatgan darvozabon, so'nggi daqiqalarda g'alabani ilib ketgan murabbiy, "1+1" qayd etgan lider va 20 yoshli supergol muallifi - Superligada 26-tur laureatlari

Sherzod Nurmatov
3 noya 2026, 13:46
Championat.asia sayti O'zbekiston Superligasi 26-turining eng yaxshilarini aniqladi.

26-turning eng yaxshi darvozaboni - Umidjon Ergashev (“Xorazm”)

"Xorazm" bu turda "Paxtakor"ga kichik hisobda (0:1) imkoniyatni boy berdi. Shunga qaramay, bahs davomida jamoasini qator vaziyatlarda qutqarib qolgan va naqd 8 ta seyv ko'rsatgan xorazmliklar posboni tur darvozaboni deb topildi.

darvozabon (18).png

26-turning eng yaxshi murabbiyi - Mirjalol Qosimov (OKMK)

OKMK bu turda “Lokomotiv” mehmoni bo'lib, irodali jamoa ekanligini yana bir bor ko'rsatdi va 2:1 hisobida g'alaba qozondi. Ularning ikkinchi goli 90-daqiqada urilgani bunga dalil bo'lib turibdi. Olmaliqliklar bahs davomida murabbiy ko'rsatmalarini aniq bajarib, mazmunli o'yin namoyish etishdi. Shu bois OKMK ustozi Mirjalol Qosimov haqli ravishda tur murabbiyi deb topildi.

murabbiy (17).png

26-turning eng yaxshi futbolchisi - Anvar Hojimirzaev (“Dinamo”)

“Dinamo” bu turda G'uzorda “Mashal”ni yirok hisobda taslim qildi (3:0). Uchrashuvda samarqandliklar hujumchisi Anvar Hojimirzaev jamoaning haqiqiy lideri ekanligini isbotlab, 1 ta gol urdi va 1 ta golga assistentlik qildi. Shunday qilib, aynan u tur futbolchisi nomiga loyiq ko'rildi.

futbolchi (17).png

26-turning eng chiroyli goli muallifi - Muhammadbobur Karimov (“Paxtakor”)

“Xorazm”ga qarshi o'yinda yagona golni “Paxtakor” himoyachisi Muhammadbobur Karimov urdi (1:0). 20 yoshli futbolchi 89-daqiqada o'zining kuchli zarbasi orqali darvoza pastki burchagini poyladi, bu golni maydondagi futbolchilar shunchaki tomosha qildi. Aynan shu gol turdagi eng chiroylisi sifatida etirof etildi.

gol (17).png

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia