

Manbaga ko'ra, "olchalar" 20 yoshli fransiyalikka bo'lgan huquqlarni qishki transfer oynasida sotish niyatida emas va "Arsenal" bu borada PSJ hamda "Bavariya" bilan raqobatlashishiga to'g'ri keladi.
Bosh murabbiy Mikel Arteta yuqori saviyali forvard xarid qilishni birinchi raqamli ustuvor vazifaga aylantirdi, chunki klub Premer-liga chempionlik unvonini himoya qilish va Chempionlar Ligasidagi g'alaba uchun kurashish niyatida.
Krupi "Bornmut" safida 2025 yilning fevral oyidan buyon to'p tepib keladi. Uning shartnomasi 2030 yil 30 iyungacha mo'ljallangan.
Hujumchi 2026/27 yilgi mavsum 3 ta uchrashuvda 1 ta samarali uzatmani amalga oshirdi.
Transfermarkt o'yinchining transfer qiymatini 70 million evroga baholamoqda.



