Vannerga top-klublar ko'z tikdi

Sherzod Nurmatov
15 sen 2026, 19:50
"Liverpul", "Bavariya" va "Real" klublari PSV yarim himoyachisi Paul Vannerni safiga qo'shib olish niyatida.

Manbaga ko'ra, 20 yoshli avstriyalik futbolchining transferi qishki transfer oynasida amalga oshishi mumkin. Vanner o'z faoliyatini "Bavariya"da boshlagan va "Elfersberg" hamda "Xaydenxaym"dagi ijaralari oralig'ida Germaniya grandi safida barcha turnirlarda bor-yo'g'i 8 ta o'yin o'tkazgan. Shu bilan birga, "Bavariya"da futbolchi huquqlarini qayta sotib olish bandi saqlanib qolgan. PSV esa uni 50–55 million evro evaziga sotishni rejalashtirmoqda.

Yarim himoyachi 2025 yilning yozida PSVga to'liq asosda o'tdi va o'tgan bir yil davomida Niderlandiya chempionligini qo'lga kiritgan jamoaning asosiy o'yinchisiga aylandi. 2025/26 yilgi mavsumda u 32 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Vannerning PSV bilan shartnomasi 2030 yil 30 iyunga qadar amal qiladi.

Transfermarkt Avstriya terma jamoasi futbolchisining transfer qiymatini 22 million evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: TEAMtalk