

"Bir haftada oltita matbuot anjumani. Boshqa mamlakatlarda bittasini o'tkazib yuborishimga ruxsat berishardi; masalan, bugun shu yerda bo'lmasligimga yoki ertaga o'yindan keyin kelmasligimga ruxsat berilardi. Ammo bir hafta ichida oltita matbuot anjumani... Men sizlardan charchadim, sizlar esa mendan charchadingiz. Har doim bir xil gapni gapiraman, sizlarda esa menga boshqa savolning o'zi qolmadi, lekin shu yerdamiz, chunki bu bizning ishimiz - meniki ham, sizniki ham.
Mana, bir haftada oltinchisi. "Elche" va "Atletiko" ham xuddi shunday holatda, chunki bizda o'yinlar soni bir xil. "Elche" ham biz singari shanba kuni o'ynadi. "Atletiko"da esa dam olish uchun bir kun ko'proq vaqt bor, ammo "Osasuna"ga qarshi o'yin bilan yakshanba kungi bahs orasida bir kun kamroq muddat bo'ladi. Agar siz keyingi haftada ushbu oltitadan birini o'tkazib yuborishimiz mumkinligini aytsangiz, men bu erga gazaklar olib kelaman va birga vaqtni chog' o'tkazamiz", – dedi portugaliyalik mutaxassis Ispaniya chempionatining 6-turi doirasidagi "Elche"ga qarshi o'yindan oldin.
"Real" safarda 15 sentyabr kuni "Elche" bilan kuch sinashadi. O'yin Toshkent vaqti bilan soat 00:30 da boshlanadi.



