O'zbekiston Kubogi. "Bunyodkor" oxirgi marta "Lokomotiv"ni qachon mag'lub etgan?

Iskandarov Abdulaziz
15 sen 2026, 17:28
Birozdan so'ng O'zbekiston Kubogi 1/8 finalidan o'rin olgan "Bunyodkor" - "Lokomotiv" uchrashuvi boshlanadi.

Jamoalar shu kungacha kubok bahslarida 9 marotaba to'qnash kelgan. Mazkur to'qnashuvlarda mutloq ustunlik "temiryo'lchilar" tomonida 6 g'alaba. 2 ta o'yinda tomonlar murosa ko'chasini tanlagan bo'lsa, 1 ta bellashuvda "qaldirg'ochlar"ning qo'li baland kelgan. "Bunyodkor"ning yagona g'alabasi 2013 yilgi mavsumda qo'lga kiritilgan (2:0). Shundan so'ng ikki klub hozirgacha yana 6 bor uchrashishdi va bu o'yinlarning barchasida "Loko" ustunlikka ega chiqdi.

2025. "Bunyodkor" - "Lokomotiv" 0:1
2022. "Bunyodkor" - "Lokomotiv" 2:2 (penaltilar seriyasida 4:5)
2017. "Bunyodkor" - "Lokomotiv" 0:1
2016. "Bunyodkor" - "Lokomotiv" 0:1
2016. "Lokomotiv" - "Bunyodkor" 1:0
2014. "Lokomotiv" - "Bunyodkor" 1:0
2013. "Lokomotiv" - "Bunyodkor" 0:2
2013. "Bunyodkor" - "Lokomotiv" 2:2
2006. "Bunyodkor" - "Lokomotiv" 1:3

Ma'lumot uchun, bahs 18:30 da "Lokomotiv" stadionida start oladi.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia