Mourinyu jurnalistlarga: "Penaltilar haqida savollar yo'qmi? Juda g'alati"

Aslanov Jasurbek
14 sen 2026, 22:34
"Real" bosh murabbiyi Joze Mourinyu La Liganing 6-turi doirasida ertaga o'tadigan "Elche"ga qarshi o'yin oldidan matbuot anjumanida jurnalistlarning hakamlik va penaltilar mavzusiga to'xtalmagani haqida hazillashdi.

- Biz rotaciya haqida gaplashdik. Hujumdagi uchlikdan kimdir o'yinni zaxiradan boshlashi mumkin deb o'ylash aqldan ozganlik emasmi? Ularning yuklamani taqsimlay olishiga ishonasizmi yoki to'planib qolgan charchoq sizni tashvishga solyaptimi?
- Men futbolchilarga va ularning o'z tanalarini his qilishiga ishonaman. Bugun muhim kun. O'yinlar oralig'ida atigi ikki kunimiz bor, shuning uchun futbolchilarning holatini baholash, tibbiyot shtabi fikrini tinglash, mashg'ulot ma'lumotlarini o'rganib chiqish va shundan keyingina - bugun kechqurun yoki ertaga qaror qabul qilish juda muhim. Lekin imkoniyat bo'lsa va hech qanday kutilmagan holatlar yuz bermasa, ertaga ham ularni yana maydonga tushiraman, - dedi Joze oxirgi savolga javob berar ekan.

Shundan so'ng portugaliyalik mutaxassis o'rnidan tura turib shunday dedi: "Penaltilar bo'yicha hech qanday savollar yo'qmi? Yo'qmi? Juda g'alati, shunday emasmi?"

Eslatib o'tamiz, 5-turda "Real" "Rayo Valekano"ni mag'lub etgan (4:1) va o'yinning 14-daqiqasida hujumchi Kilian Mbappe penaltidan hisobni ochgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: As