

Bu tekshiruv markazida Liga MX va Assenso MX (mamlakat milliy chempionatining maqomi bo'yicha ikkinchi divizioni – tahr.) o'rtasidagi quyi divizionga tushib ketish va yuqori ligaga chiqish tizimining bekor qilinishi masalasi turibdi, deb xabar berdi ESPN.
CNA mazkur tergovni muxlislarning shikoyatlari hamda siyosatchi Xorxe Alvares Maynes kabi shaxslarning jamoatchilik oldidagi chaqiriqlaridan so'ng tashabbusi bilan olib bormoqda. Rasman surishtiruv biror aniq klub yoki shaxsga qarshi qaratilmagan, ammo mohiyatan u Meksika futbol federatsiyasi va Liga MX tomonidan musobaqalarda ishtirok etish uchun o'rnatilgan qoidalarga daxldordir.
CNA amaldagi qoidalarning raqobatni cheklaydigan bozor hukmronligini suiistemol qilish, yani nisbiy monopolistik amaliyotga mos kelish-kelmasligini tekshirmoqda. Bu o'rinda gap "professional futbol musobaqalariga a'zolik, ularni tashkil etish va ularda ishtirok etish imkoniyati" bozori haqida ketmoqda.
Ligalar o'rtasidagi chiqish/tushish tizimi 2020 yilda pandemiya sabab to'xtatilgandi, 2026 yilning iyulida esa Liga MX reglamentda klublar pastki ligaga tushib ketmasligini, Assenso MX jamoalari esa yuqori divizionga ko'tarila olmasligini rasman mustahkamlab qo'ydi. Bu ikkinchi divizion klublarining noroziligiga sabab bo'ldi va ular hatto Sport arbitraj sudiga (CAS) murojaat qilishdi.
Agar ayb isbotlansa, CNA qoidabuzarning yillik daromadining 10 foizigacha bo'lgan miqdorda jarima solishi hamda antiraqobat amaliyotini tuzatish yoki bekor qilishni talab etishi mumkin.
Tergov 30 kundan 120 ish kunigacha davom etadi, ammo bu muddat yana 3 martagacha uzaytirilishi mumkin.



