Mourinyu MYU bosh murabbiyi Maykl Kerrikning ishiga baho berdi

Administrator
13 sen 2026, 20:11
Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyu bugun, 13 sentyabr kuni bo'lib o'tadigan manchesterlik derbisi arafasida "Manchester Yunayted" ustozi Maykl Kerrik haqida fikr bildirdi.

"Mayklning ishlari yomon ketmayapti, shunday emasmi? U juda yaxshi uddalamoqda. Men bundan mamnunman", - deya Mourinyuning so'zlarini keltiradi SkySports.

Eslatib o'tamiz, 2026 yil may oyida "Manchester Yunayted" Ruben Amorim iste'foga chiqarilganidan so'ng Maykl Kerrikni jamoaning bosh murabbiyi lavozimiga tasdiqlaganini rasman e'lon qilgan edi. Mutaxassis bilan tuzilgan shartnoma 2028 yilga qadar mo'ljallangan.

Angliya Premer-ligasining dastlabki uchta o'yinidan so'ng "Manchester Yunayted" to'rt ochko bilan turnir jadvalida 13-o'rinni egallab turibdi. Birinchi o'rinni esa 12 ochko jamg'argan "Arsenal" band qilgan.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: SkySports