"Milan" sobiq yulduzi Qatarga yo'l oldi

Sherzod Nurmatov
15 sen 2026, 16:20
Qatarning "Al Garafa" klubi yarim himoyachi Ismoil Bennaser bilan shartnoma imzoladi.

28 yoshli jazoirlik futbolchining avvalgi jamoasi Zagrebning "Dinamo" klubi bo'lib, u yerda "Milan"dan ijara asosida to'p surgan. 2025/26 yilgi mavsumda u 19 ta o'yinda 1 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Shuningdek, u "Marsel"da ham ijarada bo'lgan (12 ta o'yinda 2 ta uzatma).

"Milan" va futbolchi 2026 yilning avgustida o'zaro kelishuvga ko'ra shartnomani bekor qilgan edi.

Avvalroq Bennaser "Empoli", "Tur" va "Arsenal" klublarida o'ynagan. Jazoir terma jamoasi safida 56 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol muallifiga aylangan.

Transfermarkt o'yinchining transfer qiymatini 8 million evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Reuters