"Atletiko" va "Yuventus" Maduekega qiziqish bildirmoqda

Sherzod Nurmatov
15 sen 2026, 19:20
"Atletiko" va "Yuventus" yanvar oyidagi transfer oynasida "Arsenal" hujumchisi Noni Maduekeni safiga qo'shib olishi mumkin, deb xabar berdi “Caught Offside”.

24 yoshli angliyalik futbolchi 2026/27 yilgi mavsum Mikel Arteta qo'l ostida Premer-ligada unchalik ko'p o'yin amaliyotiga ega bo'lmayapti va manba ma'lumotlariga ko'ra, bu holat uni keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijaraga berish eshiklarini ochishi mumkin.

Madueke 2025 yilning iyul oyidan buyon "Arsenal" sharafini himoya qilib kelmoqda, uning shartnomasi 2030 yil 30 iyunga qadar mo'ljallangan. 2025/26 yilgi mavsumda u 43 ta uchrashuvda 8 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Avvalroq futbolchi "Chelsi" va PSV jamoalarida to'p tepgan.

Transfermarkt Angliya terma jamoasi futbolchisining transfer qiymatini 50 million evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Caught Offside