A va B Seriyalarining dastlabki 80 ta o'yinida birorta ham 0:0 hisobi qayd etilmadi

Sherzod Nurmatov
15 sen 2026, 17:10
Italiya A va B Seriyalari tarixida ilk bor dastlabki 4 ta turda birorta ham golsiz durang kuzatilmadi, deb xabar bermoqda “Football Italia”.

Taqqoslash uchun, APLda shu davr mobaynida 4 ta, La Ligada esa 3 ta golsiz durang qayd etilgan.

Italiya oliy divizionining dastlabki 40 ta uchrashuvida jami 121 ta gol urildi - bu har bir bahsga o'rtacha 3,025 tadan to'p to'g'ri keladi deganidir. Shu bilan birga, A Seriyaning 31 ta o'yini davomida birorta ham penalti belgilanmadi va maydonda VAR orqali takroriy lavhalar ko'rib chiqilmadi.

2026/27 yilgi mavsum A Seriyada jami 6 ta durang qayd etildi va ularning barchasida darvozalarga to'p kiritilgan.

Italiya chempionatining oliy divizionida "Roma" peshqadamlik qilmoqda (4 o'yindan so'ng 12 ochko). B Seriya turnir jadvalini esa "Mantova" boshqarib bormoqda (4 o'yindan so'ng 10 ochko).

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Football Italia