Van Deyk Saudiya Arabistoniga yo'l olishi mumkin

12 sen 2026, 15:23
"Liverpul” markaziy himoyachisi Virjil van Deyk joriy mavsum yakunlangach, jamoani tark etishi mumkin.

35 yoshli futbolchiga Saudiya Arabistoni, MLS va Turkiya klublari qiziqish bildirmoqda. Niderlandiyalik futbolchi har qanday variantni ko'rib chiqishga tayyor, chunki kelasi yozda uning "Liverpul” bilan shartnomasi tugaydi. Mersisaydliklarning boshliqlari himoyachiga yangi mehnat shartnomasini taklif qilish kerakmi yoki yo'qligini hali hal qilishmagan.

Van Deyk 2018 yildan beri "Liverpul” safida o'ynamoqda. Ushbu mavsumda futbolchi barcha turnirlarni hisobga olgan holda to'rtta o'yinda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Football Insider