

Bu haqda jurnalist Matteo Moretto DAZN efirida ma'lum qildi.
Ispaniyalik futbolchi 2025 yil iyul oyida Madrid klubidan "Komo"ga 2,5 million evro evaziga o'tgan edi. Biroq "Real" shartnomada ko'zda tutilgan 8 million evro evaziga uni qayta sotib olish huquqiga ega.
Morettoning ma'lum qilishicha, "Real" ushbu imkoniyatdan foydalanishga qaror qilgan. Transfer amalga oshirilganidan keyin futbolchining kelajagi muhokama qilinadi: Ramon Madrid klubida qolishi yoki Angliya Premer-ligasiga yo'l olishi mumkin. Unga bir nechta ingliz klublari qiziqish bildirmoqda.
Xakobo Ramon joriy mavsumda Italiya chempionatida 9 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi.



