"Yuventus" Spalletti o'rniga uch nafar murabbiy nomzodini ko'rib chiqmoqda

29 okt 2026, 21:35
"Yuventus" yaqin kunlarda bosh murabbiy Luchano Spallettini iste'foga chiqarishi mumkin.

"Jenoa"ga qarshi kechagi uchrashuvda 0:2 hisobidagi mag'lubiyatdan so'ng Spalletti uchun yakshanba kuni "Napoli"ga qarshi bo'lib o'tadigan bahs hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.

Agar amaldagi murabbiy bilan xayrlashishga qaror qilinsa, Turin klubi uch nafar nomzoddan birini tanlashi mumkin:

Dide Desham;

Antonio Konte;

Stefano Pioli.

Ma'lumotlarga ko'ra, "Yuventus" uchun ustuvor nomzod - Dide Desham. U 2012 yildan 2026 yilgacha Fransiya terma jamoasini boshqargan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Foot Mercato