Van Bommelga "Uembli" chimi yoqmadi (+FOTO)

Aslanov Jasurbek
7 noya 2018, 13:35
PSV bosh murabbiyi Mark Van Bommel "Tottenxem"ga qarshi Chempionlar ligasi guruh bosqichining 4-tur uchrashuvi (1:2) o'tgan "Uembli" stadioni chimini tanqid qildi.

"Maydon axlat. Nimani nazarda tutganimni tushundingiz. Gollandiyada bunday deyishga uyalmaymiz. Maydon holati yaxshi emas edi, ammo etiroz bildirmaymiz. Mashg'ulot boshlangandan bir daqiqa o'tib yigitlarga maydonga ko'nikishi kerakligini aytdim. Hamma maydon sifati yaxshi bo'lishini istaydi, ammo chim sifati bunday bo'lmasa, unga ko'nikish kerak" - deydi Van Bommel.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sport