Xavi Niderlandiya bosh murabbiyi sifatidagi ilk g'alabasiga izoh berdi

28 sen 2026, 09:20
Niderlandiya terma jamoasi bosh murabbiyi Xavi UEFA Millatlar ligasi 2-turidan o'rin olgan Serbiyaga (2:1) qarshi bahs haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Biz yuqori pressing, o'rta blok va himoya chizig'ida yanada samaraliroq harakat qilishimiz mumkin edi, ammo g'alabaga munosib edik. Men jamoa butun 90 daqiqa davomida to'pga egalik qilishini va pressing qo'llashini xohlayman. Mo'ljallangan o'yinni shakllantirishim uchun, ehtimol, mentalitetni o'zgartirish talab etilar, ammo men aynan shunday taktikani yo'lga qo'ymoqchiman. Serbiya individual jihatdan kuchli, Tadich, Yovich va Kostich maydonga tushganidan so'ng uchrashuv xususiyati o'zgardi, biroq menda g'alaba bizniki bo'lishi kerakdek taassurot qoldi", - dedi Xavining so'zlarini UEFA matbuot xizmati.

Musobaqaning ilk turida Niderlandiya terma jamoasi Germaniya bilan durang o'ynagan edi (1:1). Xavi shogirdlari guruh bosqichidagi keyingi uchrashuvni 1 oktyabr kuni Gretsiyaga qarshi o'tkazishadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: uefa.com