"Oltin to'p” uchun ovoz berish yakunlandi

Sherzod Nurmatov
28 sen 2026, 12:40
Taqdirlash marosimi 26 oktyabrga belgilangan.

2026 yil yakunlariga ko'ra "Oltin to'p" sovrini uchun ovoz berish jarayoni yakunlandi - g'olib allaqachon aniqlab bo'lingan va natijalarni endi o'zgartirib bo'lmaydi.

G'olib nomi rasman 26 oktyabr kuni bo'lib o'tadigan taqdirlash marosimida e'lon qilinadi.

"Oltin to'p" jahon futbolidagi eng nufuzli individual mukofotlardan biri hisoblanadi. So'rovnoma yopilganidan so'ng faqatgina yakunlar sarhisob qilinib, sovrin sohibi e'lon qilinadigan marosimni kutish qolmoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: France Football