

Van Deykning amaldagi shartnomasi ushbu mavsum oxirida nihoyasiga etadi va anchadan beri "Liverpul" Virgilsiz hayotga tayyorgarlik ko'rayotgani haqida mish-mishlar yuribdi.
Italiyalik jurnalist Karlo Pellegattining so'zlariga ishonadigan bo'lsak, niderlandiyalik himoyachi "Manchester Yunayted"ning sobiq murabbiyi Ruben Amorim boshqarayotgan "Milan" klubi bilan allaqachon kelishib olgan.
Kelgusi yozda Van Deyk 36 yoshga to'ladi. Ehtimol, Virgil Muhammad Salohning taqdirini takrorlashni va sport formasining keskin pasayishiga duch kelishni xohlamayotgandir, chunki bu uning "Liverpul" afsonasi sifatidagi maqomiga putur etkazishi mumkin.



