

27 yoshli futbolchi 25 sentyabr kuni Millatlar Ligasining 1-turi doirasida Turkiyaga qarshi kechgan o'yinda (1:0) jarohat olgandi. "Real" hujumchisida chap tizza bo'g'imi orqa kapsulasining haddan tashqari cho'zilishi tashxisi qo'yilgan.

AS ma'lumotlariga qaraganda, Mbappe taxminan ikki hafta maydonga tusha olmaydi.
"Mbappening bu yerda emasligi afsuslanarli. Men doim maydonda eng kuchli o'yinchilarni ko'rishni xohlayman. Uning jarohati tafsilotlarini bilmayman, lekin bu uning o'zi uchun ham, "Real" uchun ham katta yo'qotish. Uning shu yerda bo'lishini istardim!", – deya van Bommelning so'zlarini keltiradi “RMC Sport”.
Fransiya 28 sentyabr kuni Millatlar Ligasi doirasida safarda Belgiya bilan kuch sinashadi, 5 oktyabrda esa o'z maydonida belgiyaliklarni qabul qiladi.



