

Nieuwsblad xabariga ko'ra, van Bommel belgiyaliklar sport direktori Vinsent Mannart tomonidan taklif etilgan nomzodlarning qisqa ro'yxatiga kiritilgan. Takidlanishicha, RBFA allaqachon niderlandiyalik mutaxassis bilan bog'langan. Bundan tashqari, van Bommel Domeniko Tedesko ishdan bo'shatilganidan so'ng Belgiyani boshqarishi mumkin edi, biroq futbol assotsiatsiyasi Garsiyani tanlagandi.
Niderlandiyaning Telegraaf nashri ma'lumotlariga ko'ra, ayni damda van Bommel Belgiya terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimiga asosiy nomzod hisoblanadi. Uning murabbiylik faoliyatidagi so'nggi klub 2022 yildan 2024 yilgacha boshqargan "Antverpen" bo'lgan.



