Vali Sultonov: "Oxirigacha kurashdik"

Aslanov Jasurbek
16 sen 2026, 21:58
O'zbekiston Kubogi 1/8 finaldan o'rin olgan OKMK – "Xorazm" uchrashuvidan so'ng "Xorazm" bosh murabbiyi Vali Sultonov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida fikringiz?
- Uchrashuv juda chiroyli va qiziqarli kechdi. Avvalambor Olmaliq jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. Bazan chempionatda ham shunday qiziq o'yinni ko'rmasligimiz mumkin. Bir so'z bilan aytganda, muxlislarga yoqadigan futbol kechdi desa bo'ladi.

- Bundan 13 kun avval "Xorazm" shu stadionda OKMK mehmoni bo'lgandi. Albatta, shu o'yinni ham ko'rib chiqqan bo'lishingiz tabiiy. O'sha bahs bilan solishtirganda nimalarni o'zgartira oldingiz?
- To'g'ri savol berdingiz. Jamoani kecha qabul qilib oldim va endi birinchi mashg'ulotni o'tkazdik. Bugun esa Kubokda rasmiy uchrashuvda maydonga tushdik. Afsus, to'liq tarkib bilan o'ynay olmadik, 6-7 nafar futbolchimizda jarohat bor va ular uyda qolishgan. Ko'rsatilgan o'yin uchun futbolchilarga rahmat aytaman, oxirigacha kurash olib bordik.

Mirjalol Qosimovni juda hurmat qilaman, buni ko'pchilik biladi, u kishini o'zimga ustoz deb hisoblayman. Shogird ustozdan o'tmasa, shogird emas deyishadi-ku, bugun shunga yaqin kelgandik. Olmaliq jamoasiga O'zbekiston Kubogida omad tilab qolaman.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia