

- O'yin haqida fikringiz?
- Bugun yaxshi jamoaga qarshi o'ynadik va afsuski mag'lubiyatga uchradik. Uyda yutqazish doim alamli. Buni hammamiz tushunib turibmiz, biroq hali mavsum tugagani yo'q. Oldinda yana 8ta tur bor va shu o'yinlarda iyuobiy natija ko'rsatishga harakat qilamiz. Turnir jadvalida quyi pog'onadamiz, lekin vaziyatni o'nglasa bo'ladi. Mag'lubiyat uchun muxlislardan uzr so'raymiz. "Xorazm"ni Superligada olib qolish uchun qo'ldan kelgancha harakat qilamiz.


