

"Biz, men va direktorlar kengashidagi hamkasblarim Saudiya futbolini rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlarni ishga soldik va mamlakatimiz hamda muxlislarimiz ishonchini oqlashga intildik. Biroq, milliy terma jamoaning jahon chempionatining keyingi bosqichiga chiqa olmagani - umumiy maqsadlarimizga mos kelmaydigan natijadir. Men buning uchun to'liq mas'uliyatni o'z bo'ynimga olaman va terma jamoani yanada munosibroq mavqeda ko'rishni umid qilgan barchadan uzr so'rayman.
Mas'uliyat yangi bosqich uchun imkoniyat yaratib berishni talab qiladi, degan ishonchdan kelib chiqib, men amaldagi muddatim yakuniga etgunga qadar faoliyatimni davom ettirmaslikka qaror qildim. Amaldagi tartib-qoidalarga muvofiq, direktorlar kengashining yangi tarkibini saylash jarayoni boshlanadi.
Men o'z lavozimimni tark etyapman, lekin Vatanimga xizmat qilishda va Saudiya sportining rivojlanishi hamda zafarlariga hissa qo'shadigan barcha narsani qo'llab-quvvatlashda davom etaman. Ushbu yo'lda bizni qo'llab-quvvatlagan barchaga, shuningdek, muxlislarimizga minnatdorchilik bildiraman. Agar umidlaringizni oqlay olmagan bo'lsak, uzr so'rayman", - deb yozdi Al-Misxal ijtimoiy tarmoqlarda.
Eslatib o'tamiz, Saudiya Arabistoni terma jamoasi guruh bosqichida bor-yo'g'i ikki ochko jamg'arib, o'z kvartetida so'nggi o'rinni egallagan holda turnirning pley-off bosqichiga chiqa olmadi.



