

Championat.asia nashri bosh muharriri Narzulla Saydullaevning xabar berishicha, uning xizmatlariga Saudiya Arabistoni Proligasi ishtirokchisi "Al Taavon" klubi tomonidan qiziqish bildirilmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, jamoa boshqaruviga yangi tayinlangan serbiyalik mutaxassis Zarko Lazetichning shaxsan o'zi Bozorov variantini ko'rib chiqmoqda. Yangi bosh murabbiy jamoaning hujum va yarim himoya chizig'ini kuchaytirish, shuningdek, hujumlardagi kreativlikni oshirish maqsadida o'zbekistonlik futbolchining nomzodiga to'xtalgan.



