

Janubiy Koreya jamoasi "A" guruhida 3 ochko jamg'argan holda uchinchi o'rinni egalladi va jahon chempionatining pley-off bosqichiga chiqa olmadi.
"Bugun men milliy terma jamoa bosh murabbiyligidan ketyapman, - dedi Xon Myon Bo. - Koreya futbolini sevadigan va milliy terma jamoani qo'llab-quvvatlaydigan muxlislarimizdan uzur so'ramoqchiman. Biz muxlislarimiz kutgan natijalarga erisha olmadik va buning uchun butun mas'uliyat mening bo'ynimda".
Xon Myon Bo 57 yoshda, u terma jamoani 2024 yildan buyon boshqarib kelayotgan edi. Mutaxassisning shartnomasi 2027 yilgi Osiyo Kubogi yakuniga qadar amal qilishi belgilangandi.



